Mourinyo: "Men terma jamoa murabbiylari bilan muloqot qilib vaqtimni ketkazmayman"

Aslanov Jasurbek
18 okt 2014, 14:06
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning so'zlariga ko'ra, u o'z futbolchilari holidan xabar olish uchun terma jamoa murabbiylari bilan gaplashmaydi.

"Men terma jamoa murabbiylar bilan muloqot qilmayman. Meniing o'z usullarim bor, shu sababli vaqtni bekor ketkazmayman. O'z faoliyatim davomida terma jamoa murabbiylar bilan aloqa o'rnatishga to'g'ri kelgan. Ammo ularning o'zlari futbolchilar haqida so'rash uchun menga murojaat qilishgan" - deydi mutaxassis.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru