Mourinyo "Manchester Yunayted" futbolchilaridan tatilni qisqartirishni so'radi

Aslanov Jasurbek
30 iyul 2018, 14:18
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo JCH-2018dan so'ng dam olayotgan futbolchilardan, tatilni qisqartirib, jamoaga qaytishni so'radi.

Mourinyoning ma'lum qilishicha, Markus Rashford va Fil Jons shu haftada klub tasarrufida bo'ladi. MYU ustozi boshqa futbolchilar ham shunday qilishini istaydi.

"Tatildagilar formada deb umid qilaman. Futbolchilar Rashford va Jons kabi dam olishni tugatib, mavsum startida jamoaga yordam berishini xohlayman" - deydi Mourinyo.

"Manchester Yunayted" jarohat tufayli 9 futbolchisiz qoldi, yana 8 nafar o'yinchi tatilda. Bu Pol Pogba, Romelu Lukaku, Maruan Fellayni, Jessi Lingard, Markus Rashford, Eshli Yang, Fil Jons va Viktor Lindelyof.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times