Mourinyo joriy mavsum oxirida MYUni tark etib, PSJ ustoziga aylanishi mumkin

Aslanov Jasurbek
7 noya 2017, 14:59
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo joriy mavsum oxirida jamoani tark etishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Mourinyo "Manchester Yunayted"da sodir bo'layotgan bazi narsalardan ko'ngli to'lmayapti va mavsum oxirida Manchestyerdan ketishi mumkin.

54 yoshli mutaxassis xizmatlariga PSJ qiziqish bildirmoqda. Fransiya klubi vakillari portugaliyalikning agenti Jorje Mendesh bilan uchrashishgan.

Joze Mourinyo va "Manchester Yunayted" o'rtasidagi bitim 2019 yilning yozida yakuniga etadi. Unai Emeri bilan PSJning kelishuvi esa joriy mavsum oxirigacha belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Manchester Evening News