Mourinyo: "JCH-2018da yirik jamoalar mag'lub bo'lib, uyga qaytayotgani ajoyib"

Aslanov Jasurbek
2 iyul 2018, 13:14
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Rossiyadagi jahon chempionatida unga nima yoqmayotgani haqida aytib berdi.

"Menga faqat bir narsa maqul kelmadi - murabbiylar va futbolchilarning videoassistent tizimiga bo'lgan munosabati. Ular bosh hakam va videokabinadagi referini hurmat qilishlari kerak. Hakamning qarorini qayta ko'rib chiqishni so'ragan har bir futbolchi sariq kartochka bilan jazolanishi kerak. Faqat shu narsa jahlimni chiqarmoqda.

Katta jamoalar mag'lubiyatga uchrab, uyga qaytayotgani - ajoyib. Bu futbol jamoaviy o'yin ekanligini bildiradi. Terma jamoalar yulduzlarga bog'lanib qolmasligi kerak" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RT