Mourinyo iste'fosidan so'ng ilk marta jurnalistlar bilan muloqot qildi

19 dek 2018, 21:29
“Manchester Yunayted” sobiq ustozi Joze Mourinyo iste'foga chiqarilgandan so'ng ilk bor OAV xodimlari qarshisida ko'rinish berdi.

“Men sayrga chiqishim mumkinmi, yo'qmi? MYUdan ketishim haqida hech narsa deyishni istamayman, meni yaxshi bilasizlar. Agar men bilan sayr qilishni istasangiz, yuringlar Battersi (Londonning shimoliy tumani)ga qadar birga boramiz”, deya Mourinyoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports.

Kecha, 18 dekabr kuni portugaliyalik mutaxassis MYUdan iste'foga chiqarildi. Mavsum yakuniga qadar Sulsher MYU bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Mourinyo 2016 yil yozida “qizil iblislar” boshqaruvini qo'lga olgandi. U bilan jamoa uchta sovrinni qo'lga kiritdi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports