Mourinyo: "Ibragimovichning debyutidan ko'nglim to'ldi"
Tolibjon Qosimov
31 iyul 2016, 20:23
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa hujumchisi Zlatan Ibragimovichning "Galatasaroy"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidagi harakatlariga yuqori baho berdi. Shvetsiyalik futbolchi 45 daqiqa ichida gol urishga erishdi.
"Ibragimovichning debyutidan ko'nglim to'ldi. U ham, zaxiradan maydonga tushgan Markus Rashford ham bor kuchi bilan harakat qildi. Zlatan bizga berishi mumkin bo'lgan narsani ko'rsatib berdi. Men uning o'yinidan qoniqdim", - deya Mourinyoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda MYU rasmiy sayti.