Mourinyo Ibradan minnatdor

Aslanov Jasurbek
15 dek 2016, 22:38
MYU ustozi Joze Mourinyo jamoa hujumchisi Zlatan Ibragimovichning o'ziga xos xususiyatlari haqida to'xtaldi.

 

“Men Ibrahimovichning o'ziga xos fel atvor egasi va yuqori saviyadagi futbolchi ekanligini bilaman. Men uni bugungi MYU tarkibida katta hajmdagi ish bajara olishini bilardim. Unga APL bu dam olish uchun to'p tepiladigan chempionat emasligini takidlaganman. O'tmishdagi faoliyati muvaffaqiyatli kechgan futbolchi dam olishni istasa, Angliyaga kelib o'tirmaydi. Tumanli Albionga keladigan  har bir futbolchi dunyoning eng qiyin ligasiga to'p tepishlari lozimligini yaxshi bilishadi. Bu yerda kimning darajasi va tajribasi qanchalik ekanligini tezda bilib olish mumkin. Zlatanning APLda to'p tepishga sabab ham shu aslida.  Men uning Yunayteddagi faoliyatidan mamnunman. Gap faqat u kiritayotgan gollarda emas. Gollari bilan birga undagi g'oliblik ruhi, maydonga chiqib g'alaba qozonishga bo'lgan intilishi meni quvontiradi”, deydi portugaliyalik mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail