Mourinyo ham o'z himoyachisi bilan xayrlashishga tayyor

Mirjalol Normatov
27 iyul 2018, 15:54
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo himoyachi Matteo Darmianning jamoadan ketishi borasidagi fikrlarini bildirdi.

"Matteo ketishni istaydi. Agarda takliflar bo'lsa, uni qo'yib yuboramiz. Biroq hozircha bizni qoniqtiradigan takliflar bo'lmadi.

Ammo hozirda bizda o'ng qanot himoyasida muammolar bor - Valensiya jarohatlangan, Dalot esa tiklanish jarayonida. Ikkisi ham mavsumning boshlang'ich qismini o'tkazib yuboradi. Yang ham o'ng qanotda o'ynashi mumkin. Biroq u hozir dam olmoqda. Bizni qoniqtiradigan taklif bo'lsagina, Darmian jamoadan ketadi. Bo'lmasa shu yerda qoladi", - dedi Mourinyo.

Oldinroq Darmianning agenti mijozi "Yuventus"ga o'tishi mumkinligini aytib o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia