Mourinyo: "Eng yaxshi murabbiy bo'lishimda Messining ham hissasi bor"

Eldor Akmurzayev
13 sen 2019, 22:40
Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo Barselona sardori Lionel Messi uning murabbiylik faoliyatiga qanday ta’sir o'tkazgani haqida gapirdi.

Aytishim kerakki, men ko'plab shogirdlarim oldida qarzdorman. Shuningdek, qo'l ostimda o'ynamagan, lekin, menga katta muammo tug'dirganlarga ham. Masalan. Messi meni eng yaxshi murabbiyga aylantirdi. Boisi, unga qarshi o'yinlarda puxta tayyorgarlik ko'rish kerak edi. Messi bilan birga men duch kelgan boshqa ajoyib futbolchilarni ham nazarda tutmoqdaman, – deydi 56 yoshli murabbiy.

Eslatib o'tamiz, Mourinyo 2010-2013 yillar oralig'ida Real klubi boshqargan bo'lib, jamoa bilan Ispaniyada 3ta titulni (La Liga, Kubok, Superkubok) qo'lga kiritgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca