Motta “Real”ga qarshi YCHL o'yinida maydonga tusha olmaydi

Aslanov Jasurbek
11 fev 2018
“PSJ” yarim himoyachisi Tyago Motta “Real” klubiga qarshi kechadigan YCHL 1/8 final bosqichi doirasidagi ilk uchrashuvla maydonga tusha olmaydi.

Bu ma'lumotni parijliklar ustozi Unai Emeri ham tasdiqladi. 

“Tyago Motta biz uchun muhim futbolchi. U Fransiya Kubogi doirasidagi “Sosho”ga qarshi o'yinda bir necha daqiqa davomida maydonda harakat qildi. Lekin Mottani “Real” bilan bo'ladigan uchrashuvda maydonga tushirishga shoshilmaymiz. 

Boisi, bu o'yinning tempi o'ta yuqori bo'ladi. Shu nuqtayi nazardan katta tavakkalchilikka yo'l qo'ya olmayman. Oldinda hali uchrashuvlar juda ham ko'p. Mottaning hali foydasi ko'p tegadi”, - dedi Emeri L’Equipe nashriga bergan intervyusida.

Ma'lumot uchun, joriy mavsumda Tyago Motta “PSJ” tarkibida 16ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: