Morelos uchun APLning 4 klubi kurashadi

Alfredo Angliyaga ko'chib o'tishi kutilmoqda.

“Reynjers” to'purari Alfredo Morelos uchun APLning 4 klubi - “Lester”, “Kristal Pelas”, “Nyukasl” va “Aston Villa” kurash olib boradi.

Shotlandlar hujumchini odob-axloq qoidalarini bir necha bor buzgani uchun sotishga qaror qilgan.

Hujumchi joriy mavsum “Reynjers” safida 46 ta o'yin o'tkazib, 29 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 8 bor sariq kartochka olgan hamda 2 bor maydondan chetlatilgan.


Manba: TalkSPORT