Morataning jarohati borasida ma'lumot berildi

4 fev 2020, 09:37
Alvaro Madrid derbisida jarohat olgandi.

“Atletiko” matbuot xizmatiga ko'ra, Morata o'ng oyoq mushaklaridan jarohat olgan. Ispan OAVga ko'ra, hujumchi “Granada” (8 fevral), “Valensiya” (15 fevral) ga qarshi uchrashuvlarni o'tkazib yuborishi aniq. Shuningdek, u YCHL 1/8 finalidan o'rin olgan “Liverpul”ga qarshi ilk bahsni (18 fevral) ham o'tkazib yuborishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Атлетико” расмий сайти