Morataning agenti futbolchi MYUga o'tishi uchun Madridga yetib keldi

Aslanov Jasurbek
15 iyun 2017, 13:14
"Real" hujumchisi Alvaro Morataning agenti Xuanma Lopes 24 yoshli forvard "Manchester Yunayted"ga o'tishini "Qirollik klubi" bilan kelishib olishi uchun Madridga yetib keldi.

Agent "Santyago Bernabeu"dagi "Real" ofisiga tashrif buyurdi va rahbariyatni transfer narxini pasaytirishga umid qilmoqda. Oldinroq madridliklar Moratani 90 mln. evrodan kamiga sotmasligini e'lon qilgan edi.

Ingliz OAVning taxminlariga ko'ra, "Real" ispaniyalik hujumchini 75-80 mln. evroga sotishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca