Morata transferi amalga oshmasa "Milan" Iguain uchun kurashadi

Aslanov Jasurbek
25 iyul 2018, 09:35
"Milan" yangi texnik direktori Leonardo "Yuventus" bosh direktori Beppe Marota va sport direktori Fabio Paratichi bilan muzokara o'tkazdi.

Tomonlar hujumchi Gonsalo Iguainning "Milan"ga o'tishini muhokama qilishdi.

Biroq Leonardoning asosiy transfer maqsadi - "Chelsi"ning ispaniyalik forvardi Alvaro Morata, chunki u Iguaindan 5 yosh kichkina.

Argentinalikka "Chelsi" ham qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia