Morata: “Isko – “Real” va terma jamoa uchun o'ta muhim futbolchi”

12 noya 2017, 00:27
“Chelsi” hujumchisi Alvaro Morata “Real” yarim himoyachisi Isko bilan munosabatlari haqida gapirdi.

“Men Iskoni hoziroq “Chelsi”ga olib kelgan bo'lardim. Ammo hozir u Madrid jamoasida hal qiluvchi rolni bajarmoqda. Terma jamoada ham u yetakchi futbolchilardan biri. Agar u o'zini hal qiluvchi futbolchi sifatida his qilsa, Iskoni to'xtatib bo'lmaydi. U Madridda yetakchilik qilayotganini butun dunyo ko'rib bilib turibdi.

Isko “Real” va Ispaniya termasi uchun muhim futbolchi. U o'yinni o'zgartirmoqda, natija ko'rsatayapti. To'p bilan shunchaki “raqs” tushmoqda. Bundan tashqari, Isko mening do'stim”, deydi Morata.


O'xshash yangiliklar


Manba: Cadena Ser