Montolivo: "Yuventus" - favorit, ammo "Milan" ularga muammo tug'dirishi mumkin"

Aslanov Jasurbek
21 may 2016, 14:10
"Milan" sardori Rikkardo Montonlivo "Yuventus"ga qarshi bo'lib o'tadigan Italiya Kubogi final bahsi haqida fikr bildirdi.

Uchrashuv bugun Rimda Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.

"Bu o'z darajamizni ko'rsatish uchun ajoyib va so'nggi imkoniyat. "Yuventus" maydonga favorit sifatida chiqadi, ammo biz ularga muammo tug'dira olamiz va jamoamizga ishonaman. "Yuventus" bilan chempionatdagi bahslarda g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi.

Biz o'yinni mag'lubiyat haqida o'ylab boshlashni istamaymiz. Jamoa kurashadi" - deydi yarim himoyachi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal