Rikkardo Montolivo: Menga o'lim tilaganlarga sog'liq tilayman

10 okt 2016, 23:02
Jarohat tufayli uzoq muddatga safdan chiqqan Milan yarim himoyachisi Rikkardo Montolivo ijtimoiy tarmoqdagi fikrlarga javob berdi.
Meni qo'llab quvvatlagan barchaga rahmat, muxlislarga, hamkasblarimga, professionallarga. Og'ir kunlarda shunday iliq gaplar eshitish yoqimli bo'ldi.

Bundan tashqari suyaklarim sinishini va o'lim tilaganlarga sog'liq tilayman. Umid qilamanki ular qachondir katta bo'lishadi va boshqalarni hurmat qilishadi, – deydi Montolivo.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football-Italia