"Monca" Zlatan va Kaka bilan shartnoma imzolamoqchi bo'lgan

11 iyun 2020, 02:45
"Monca" klubi xo'jayini Silvio Berluskonining takidlashicha, u "Milan" forvardi Zlatan Ibragimovich va "rossonerilar"ning sobiq vakili Kaka bilan shartnoma tuzmoqchi bo'lgan.

"To'g'ri, biz ular bilan shartnoma imzolashni maqsad qilgandik, ammo futbolga taalluqli bo'lmagan sabablar tufayli bu fikrdan voz kechishga majbur bo'ldik.

Kelajakda Zlatan klubga taklif qilinishi mumkinmi? Hech qachon "hech qachon" demang", – dedi funkcioner.

Ma'lumot uchun, "Monca" klubi joriy mavsum yakunlariga ko'ra, o'z tarixida ilk bor Italiya B seriyasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia