Monako – Yuventus. O'yinda ispaniyalik hakam ishlaydi

Narzulla Saydullayev
1 may 2017
UEFA Monako - Yuventus o'rtasidagi o'yinga ispaniyalik hakamlarni tayinladi.

Bosh hakam Antonio Mateu Laos bahsni boshqarib boradi. Bu mavsum u YCHL doirasidagi 3ta uchrashuvida ishladi: SSKA – Tottenxem (0:1), Benfika – Napoli (1:2) va Manchester Siti – Monako (5:3). Bu o'yinlarda u 14ta sariq kartochka ko'rsatdi va bitta penalti belgiladi.

Monako – Yuventus uchrashuvi 3 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 23.45da boshlanadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com