"Monako" vice-prezidenti: "Peres hozirgacha Mbappening "Real"ga sotilmaganida meni ayblaydi"

Tolibjon Qosimov
17 avg 2018, 19:09
"Monako" vice-prezidenti Vadim Vasilev "Real" prezidenti Florentino Peres yosh hujumchi Kilian Mbappeni qo'ldan chiqarganidan afsuslanishi haqida aytib berdi.

Mbappe o'tgan yoz PSJga o'tib ketgandi.

"Har safar Florentino Peres bilan uchrashganimda Mbappe bilan bog'liq vaziyatdan afsuslanishini tan oladi.

U Kilianni "Real"ga sotmaganimizda meni ayblaydi... Lekin, bu o'yinchining tanlovi bo'lgan.

Shunga qaramay, bizning "Real" bilan munosabatlarimiz a'lo. Ikkimiz ham Mbappe kelajakda "Oltin to'p" olishini va bizning jamoada o'ynashini xohlaymiz", - dedi Vasilev.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football-espana.net