“Monako” “Tottenhem” yarim himoyachisini ijaraga oldi

31 yanv 2019, 21:47
“Tottenhem” yarim himoyachisi Jorj-Kevin Nkudu faoliyatini “Monako”da davom ettiradi.

23 yoshli futbolchi yil oxiriga Fransiya klubiga ijaraga berildi.

“Nkudu allaqachon Fransiya chempionatida o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazgan. U “Nant” va “Marsel”da to'p tepgan. Uning tezkorligi “Monako”ning o'yinini kuchaytirishi aniq”, deydi klub vice-prezidenti Vadim Vasilev.

Ilgariroq futbolchi keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga olinishi haqida xabarlar tarqatilgandi. Futbolchining xizmatlariga “Sent- Eten” klubi ham qiziqish bildirgandi. 

Jorj-Kevin 2016 yilda “Marsel”dan “Tottenhem”ga ko'chib o'tgandi. Ingliz klubi Nkudu uchun 11 million evrodan voz kechgandi. Joriy mavsumda futbolchi “Tottenhem” safida bitta uchrashuvda maydong tushib, jamoasining bitta goliga assistentlik qilishga ulgurgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Монако" расмий сайти