“Monako” sobiq ustozi “Spartak”ni boshqarishga asosiy nomzod sifatida qaralmoqda

Eldor Akmurzayev
22 dek 2020, 21:50
Portugaliyalik mutaxassis Leonardu Jardim “Spartak” ustoziga aylanishi mumkin.

Hozirda jamoani Domeniko Tedesko boshqarmoqda. U bilan shartnoma esa joriy mavsum so'nggicha tuzilgan.

“Jardimning nomzodi “Spartak” tomonidan jiddiy tarzda o'rganilmoqda. Murabbiyning moliyaviy ehtiyojlari qiyinchilik tug'idirishi mumkin. Jardim “qizil-oqlar”ni boshqarish uchun 6 mln evro so'radi”, deyiladi “Championat.com” xabarida.

Eslatib o'tamiz, 46 yoshli mutaxassisning so'nggi ish joyi “Monako” bo'lgan va u 2019 yil lavozimini tark etgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.com