"Monako" beshinchi transferga ham yaqin

Mirjalol Normatov
13 yanv 2019, 15:07
Yaqin vaqtlar ichida "Chelsi" forvardi Mishi Batshuayi ijara asosida "Monako"ga o'tadi.

Angliya matbuoti xabariga ko'ra, monegasklar 25 yoshli hujumchi bilan mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolaydi. Bu 14 yanvar kuni rasman e'lon qilinadi.

Batshuayi mavsumning ilk qismini "Valensiya" tarkibida o'tkazdi. U Ispaniyada 23 o'yinda qatnashib, 3 gol kiritdi.

Oldinroq belgiyalik futbolchi "Everton"ga o'tishi borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports