Mo'min Meliev - PRO-Ligada "Mavsumning eng yaxshi futbolchisi"

Narzulla Saydullayev
14 noya 2019, 14:18
Xabaringiz bor, kuni kecha A PRO-Ligada 28-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi va mavsum rasman yakuniga etdi.

Shu munosabat bilan saytimizning telegramdagi sahifasida 2019 yilgi PRO-Liga bahslarida "Mavsumning eng yaxshi futbolchisi" nominaciyasi g'olibligi bo'yicha so'rovnoma o'tkazildi.

Mazkur so'rovnomada joriy mavsumda A PRO-Liga g'olibligini qo'lga kiritgan "Mashal" jamoasi hujumchisi eng ko'p ovoz, to'plab "Mavsumning eng yaxshi futbolchisi" nominaciyasi bo'yicha g'oliblikni qo'lga kiritdi. Endilikda Melievni mazkur nominaciya g'olibiga atalgan maxsus futbolka kutmoqda va u ushbu sovrini O'zbekiston MTJ yordamchi murabbiyi Timur Kapadze qo'lidan qabul qilib oladi.

Saytimiz ijodiy jamoasi va o'quvchilari nomidan Mo'min Melievni tabriklab, kelgusidagi faoliyatiga ulkan zafarlar tilaymiz!


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia