Ketma-ket mag'lubiyatlar tufayli ahvolini qiyinlashtirib olgan ushbu jamoa o'z maydonida Navbahorni qabul qilib 2:1 hisobida muvaffaqiyat qozondi.
Klubga ikkinchi davrada qo'shilgan tajribali hujumchi Mo'ydin Mamazulumov ushbu uchrashuvda yana o'zini ko'rsata oldi. U jamoadagi hozirgi qiyin sharoitda ham tushkunlikka tushmasdan bor imkoniyatini ishga solib Gulistonga yordam berayotgani e'tiborga molikdir. U namanganliklarga qarshi bellashuvda ham o'zini har tomonlama ko'rsatishga harakat qildi. Natijada uchrashuvdagi birinchi gol muallifiga aylandi. 7ta uchrashuvda 6ta gol urish bu hujumchi uchun yaxshi natija. Mamazulumovning ushbu ko'rsatgichi maqtovga loyiq desak yanglishmaymiz. Futbolchi bunday ko'rsatgichga erishayotganini murabbiyning ishonchi bilan izohladi.
-Ketma-ket mag'lubiyatlardan keyin Guliston qiyin ahvolga tushib qolgandi. Nihoyat Navbahor bilan uchrashuvda omad kulib boqdi. Aytingchi, g'alaba nimaning evaziga qo'lga kiritildi?
-Sho'rtanga 3:0 hisobida yutqazganimizdan so'ng murabbiy jaxli chiqib ishdan kyetishini aytgandi. O'sha kuni biz chindan ham raqibdan bo'sh o'yin namoyish etdik. Shu bois bosh murabbiyning etirozlari asosli edi. Shu bois bor e'tiborimizni Navbahor bilan o'yinga qaratamiz deb Ashurmatovga so'z bergandik. Tabiiyki, so'zimizning ustidan chiqish uchun ham Navbahorni yutishimiz kerak edi.
-Guliston asosan birinchi bo'limda yaxshi o'yin ko'rsatardi. Lekin ikkinchi bo'limda jismonan toliqish kuzatilganiga ko'p guvoh bo'lganmiz. Natijada durang yoki g'alaba qo'ldan chiqarilardi. Lekin Navbahorga qarshi bellashuvda oxirgi daqiqalarda g'alaba to'pini kiritdinglar.
-O'zimiz uchun ham, murabbiy uchun ham maydonga chiqib bor kuchimiz bilan o'ynadik. Raqib darvozasini ishg'ol etganimizdan keyin o'zimizga bo'lgan ishonch yanada ortdi. Ammo ular hisobni tenglashtirishgach ikkinchi bo'limda biroz qiynaldik. Xattoki yutqazib qo'yishimiz ham hech gap emasdi. Ammo darvozabonimiz 2-3 marta qiyin vaziyatlarda jamoamizni aniq gollardan saqlab qoldi. Darvozabon yarim jamoa deb bejizga aytishmaydi. Ushbu uchrashuvda tarkibimizda yo'qotishlar ko'p edi. Ayniqsa, himoyada muammolar etarlicha. Lekin jamoamiz axlligini isbotlab g'alabaga erishdik.
-Ikkinchi davrada Gulistonga qo'shilib oltinchi golingiz urdingiz. Sermahsulligingiz nima bilan bog'liq?
-Birinchi navbatda o'yinchiga nisbatan murabbiyning ishonchi bo'lishi kerak. Olmaliqda to'p surgan paytimda menga doimo ishonch bildirishgani uchun bir mavsumda 10tadan kam gol urmasdim. Ammo birinchi davrada negadir Olmaliqda menga unchalik ishonishmadi. Bor yo'g'i bitta gol urdim xolos. Buning ustiga bir marta Neftchiga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdim. Hes bo'lmaganda 7-8ta o'yinda asosiy tarkibda o'ynaganimda tabiiyki gollarim soni ham ko'paygan bo'lardi. Ikkinchi davrada Gulistonga keldim va hamma uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushyapman, 7ta uchrashuvda 6ta gol urdim. Imkoniyatim bo'lyapti va gol uryapman. Faqat futbolchga ishonch bildirsa bo'ldi. Mana menga Baxtiyor Ashurmatov ishonyapti, gol uryapman-ku!
-Jamoaga keliboq yetakchi futbolchiga aylandingiz. Nisbatan raqobatdan holidek ko'rinyapsiz. Bu haqida nima deysiz?
-Raqobat bor joyda o'sish bo'ladi deb bekorga aytishmagan. Gulistonni birinchi davrada bir qator o'yinchilar tark etishdi. Masalan Nosir Otaqo'ziev ketgach uning o'rniga keldim. Shuningdek, hujumda o'ynaydigan Alisher Shog'ulomov ham bor. Yoshlar ligasi safida to'purar bo'lib kelayotgan yosh umidli hujumchi – Dilmuhammad Xudoyberdiev ham bor. Bu yerda ham o'ziga yarasha raqobat mavjud. Gulistondagi har bir futbolchining talanti bor.
-Qo'lga kiritilgan muhim g'alabadan keyin jamoa ruhiy jihatdan ko'tarilishi aniq. Shunday ekan, imkoniyat haqida nima degan bo'lardingiz?
-Birinchi navbatda Navbahorni yutish haqida o'ylagandik va bunga erishdik. Endi keyingi turda Buxoroga boramiz. U yerda ham o'z o'ynimizni ko'rsatib ochko olishga harakat qilamiz.
Shuhrtabek JO'RAEV suhbatlashdi.
Klubga ikkinchi davrada qo'shilgan tajribali hujumchi Mo'ydin Mamazulumov ushbu uchrashuvda yana o'zini ko'rsata oldi. U jamoadagi hozirgi qiyin sharoitda ham tushkunlikka tushmasdan bor imkoniyatini ishga solib Gulistonga yordam berayotgani e'tiborga molikdir. U namanganliklarga qarshi bellashuvda ham o'zini har tomonlama ko'rsatishga harakat qildi. Natijada uchrashuvdagi birinchi gol muallifiga aylandi. 7ta uchrashuvda 6ta gol urish bu hujumchi uchun yaxshi natija. Mamazulumovning ushbu ko'rsatgichi maqtovga loyiq desak yanglishmaymiz. Futbolchi bunday ko'rsatgichga erishayotganini murabbiyning ishonchi bilan izohladi.
-Ketma-ket mag'lubiyatlardan keyin Guliston qiyin ahvolga tushib qolgandi. Nihoyat Navbahor bilan uchrashuvda omad kulib boqdi. Aytingchi, g'alaba nimaning evaziga qo'lga kiritildi?
-Ayni paytda jamoamiz qiyin ahvolda turibdi. Ustiga-ustak moliyaviy tomondan ham muammolarimiz bor. Agarda Baxtiyor Ashurmatov bo'lmaganida biz ham Navbahorga qarshi maydonga tushmasligimiz mumkin edi. Jamoamiz a'zolari bilan bosh murabbiyga qattiq ishonishimizni, bu safar g'alaba uchun borimizni berishimizni aytib u kishini olib keldik. Shu sababli Navbahor ustidan qozonilgan g'alabamizni Ashurmatovga bag'ishlaymiz. Shuni alohida aytmoqchimanki, aynan Baxtiyor aka uchun ham namanganliklarga qarshi qo'shimcha ikki hissa kuch bilan o'ynadik.
-O'tgan turdagi yirik hisobdagi mag'lubiyatdan keyin Ashurmatov ishdan kyetishini aytib iste'foga chiqqandi. Lekin murabbiyning yana qaytishi jamoani yaxshigina ruhlantiribdi-da!-Sho'rtanga 3:0 hisobida yutqazganimizdan so'ng murabbiy jaxli chiqib ishdan kyetishini aytgandi. O'sha kuni biz chindan ham raqibdan bo'sh o'yin namoyish etdik. Shu bois bosh murabbiyning etirozlari asosli edi. Shu bois bor e'tiborimizni Navbahor bilan o'yinga qaratamiz deb Ashurmatovga so'z bergandik. Tabiiyki, so'zimizning ustidan chiqish uchun ham Navbahorni yutishimiz kerak edi.