
"Yuventus" va "Roma" Italiya chempionatida katta ustunlik peshqadamlik qilishmoqda. Shu bois ular evrokuboklarda ham oson g'alabaga erishamiz deb o'ylashmoqda. Lekin bu noto'g'ri. Hozirda Italiya futboli boshqa davlatlarinikidan orqada bormoqda. Italiya A seriyasida g'alaba qozonish oson. Ammo boshqa chempionatlarda g'alabalar shunchaki kelmaydi. "Roma"ning "Bavariya"dan qabul qilib olgan to'qqizta goli va "Yuventus"ni Afinadagi muvaffaqiyatsizligi bu kutilmagan holat emas.