Modrichning futbolkasi aukcionda 7 ming evroga, Beylning maykasi esa 1,5 ming evroga sotildi

Alisher
19 iyun 2020, 11:30
"Real" Ispaniya chempionati 29-tur doirasidagi "Eybar" (3:1)ga qarshi bahsdagi futbolchilarning liboslarini aukcionda sotdi.

Yarim himoyachi Luka Modrichning libosi eng qimmatga sotildi (7 ming evro). Eden Azarniki 3,2 ming evro, Serxio Ramos va Garet Beyllarniki esa mos ravishda 3,1 ming va 1,5 ming evroga sotildi.

Ushbu aukcionda yig'ilgan pullar "Real" fondining ijtimoiy sport loyihalarini qo'llab-quvvatlashga sarflanadi.

Keyingi aukcionda "Real" o'yinchilarining "Valensiya" (3:0) qarshi bahsda kiygan liboslari sotiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sportsfinding