Modrich Xorvatiya termasiga Dario Srnani qaytarmoqchi

Aslanov Jasurbek
27 fev 2019, 17:00
Evro-2016dan so'ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan Dario Srna yana Xorvatiya safiga qaytishi mumkin.

36 yoshli futbolchini qaytishini terma jamoa sardori Luka Modrich so'ragan.

Xorvatiya terma jamoasining chap qanot himoyachilari Shime Vrsalko va Yosip Pivarich jarohati sabab, bosh murabbiy Zlatko Dalich  muammolarga duch kelgani uchun Modrich shunday qarorga kelgan deya baholanmoqda. Avvalroq, Dalichning o'zi ham Dario Srna uchun terma jamoa eshigi har doim ochiq ekanligini aytgandi.

Hozirda “Kalyari" klubida harakat qilayotgan Srna terma safida 134ta o'yinda maydonga tushib, 22ta gol kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sportske novosti