Modrich: "Xorvatiya termasi JCHdagi muvaffaqiyatni takrorlashga harakat qilib ko'radi"

Mirjalol Normatov
17 noya 2019, 12:10
Xorvatiya termasi yarim himoyachisi Luka Modrich jamoasining Evro-2020ga chiqqani borasida gapirdi.
Saralashning 9-turida xorvatiyaliklar o'z maydonida Slovakiya termasining 3:1 hisobida mag'lub etdi.


"Termamiz birinchi bo'limni to'liqligicha nazorat qildi, vaziyatlar yaratdik, ammo gol o'tkazib yubordik. Biz asabiylashmadik yoki ortiqcha bosimni his qilmadik - barcha futbolchilar bir maqsad yo'lida ishlashdi va vazifani uddalay oldik. Agarda shu ruhni saqlab qolsak, JCH-2018dagi muvaffaqiyatni Evroda ham takrorlay olamiz", - dedi Modrich.

Xorvatiya termasi 8 o'yindan keyin 17 ochko jamg'arib, kelasi yili Yevropaning 12 maydonida bo'lib o'tadigan Evro-2020 turniriga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express