Modrich termadagi o'yinlar soni bo'yicha Buffonni ortda qoldirdi. Yevropada faqat ikki futbolchi Lukadan ko'proq o'yin o'tkazgan

Administrator
20 iyun 2024, 00:51
Xorvatiya bugun Evro-2024 ikkinchi turida Albaniya (2:2) bilan durang o'ynadi.

Bu o'yinni to'liq maydonda o'tkazgan Luka Modrich uchun Albaniyaga qarshi bahs Xorvatiya terma jamoasi tarkibidagi 177-o'yin bo'ldi.

Shu tariqa, Luka Modrich Yevropa terma jamoalari orasida terma jamoada o'tkazgan o'yinlar soni bo'yicha kuchli uchlikka kirib oldi. Bunga qadar Janluiji Buffon 176 ta o'yin bilan uchinchi o'rinda edi.

Yevropadagi terma jamoalar safida ko'proq o'yin o'tkazgan ikki futbolchi bu Serxio Ramos (180) va Krishtianu Ronaldu (208) hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: https://twitter.com/GracenoteLive