Modrich: "Simeone doim "Real" va uning futbolchilari obro'sini tushirishga harakat qiladi"

Aslanov Jasurbek
15 dek 2018, 18:30
"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich "Atletiko" ustozi Diego Simeone so'zlariga javob berdi.

Oldinroq, Simeone "Real" futbolchilari uchun "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish osonroq degan edi.

"Simeoneni tushunaman, u Antuan Grizmanni himoya qilishga harakat qilmoqda, ammo doimo "Real" va uning futbolchilari obro'sini tushirishga intiladi. Simeoneni hurmat qilaman. "Atletiko" ajoyib klub. "Matraschilar" bizni mag'lub etishganda ularni chin dildan tabriklaymiz" - deydi Modrich.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo