Modrich "Real"dan ketishga qatiy ahd qilgan

Mirjalol Normatov
14 okt 2018, 19:40
"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich jamoadan ketish haqida o'ylamoqda.

"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, 33 yoshli xavbekning jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegi bilan munosabatlari yaxshi emas. Undan tashqari, xorvatiyalik futbolchi rahbariyat tomonidan yangi shartnoma taklif etilmaganidan norozi bo'lmoqda. Shu boisdan futbolchi qishdayoq jamoani tark etishga qaror qilgan.

Bu mavsumda Modrich "Real" tarkibida 11 uchrashuvda qatnashdi va 2 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport