Modrich "Real" safida eng ko'p o'yin o'tkazganlar orasida ikkinchi o'ringa chiqib oldi. Birinchi o'rinda kim?

Narzulla Saydullayev
21 okt 2024, 17:21
"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich La Liga 10-turi doirasida "Selta"ga qarshi bahsda (2:1) maydonga tushdi.

Bu o'yin xorvatiyalik futbolchining "Real" safidagi 547-uchrashuviga aylandi. Xavbek klub tarixida o'yinlar soni bo'yicha 2-o'ringa chiqib oldi.

Bu borada mutlaq rekordchi fransiyalik Karim Benzema hisoblanadi. Bugungi kunda "Al Ittihod" safida o'ynayotgan hujumchi "Qirollik klubi"da 648 ta o'yin o'tkazgan.

"Real" tarkibida eng ko'p o'yin o'tkazganlar:
648 - Karim Benzema
547 - Luka Modrich
546 - Marselo
527 - Roberto Karlos
465 - Toni Kroos


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/pedritonumeros