Modrich faoliyatini "Real"da yakunlashni xohlamoqda

Alisher
7 okt 2020, 15:27
"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich professional faoliyatini Madrid klubida yakunlashni xohlaydi.

"Albatta, "Real"da qolishni xohlagan bo'lardim. Madrid - mening uyim, klub bilan shartnomani uzaytirishni xohlayman. Ammo barchasi jamoadagi sheriklarim va murabbiylarimga bog'liq. Jamoaga yuk bo'lishni xohlamayman.

Oilam shahardan mamnun va faoliyatimni yakunlagandan so'ng ham shu yerda qolishni xohlashadi. Agar men hozir hal qilsam, unda faoliyatimni "Real"da yakunlayman", - deydi futbolchi.

Modrich 2012 yildan beri "Real"da o'ynaydi. 35 yoshli futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca