"Mixed zone". Cheysi Anri: "O'zbekiston himoyada juda tartibli o'ynadi"

Sherzod Nurmatov
16 iyun 2022
Bugun U-23 Osiyo Kubogi yarim finali doirasidagi O'zbekiston – Yaponiya (2:0) uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yindan keyin Yaponiya termasi yetakchilaridan biri Cheysi Anri bilan suhbatlashdik.

- Uchrashuv haqida fikrlaringiz...

- Raqibimiz O'zbekiston juda kuchli edi. Birinchi taymda to'pni nazorat qila oldik. Menda bir-ikkita xatolar bo'ldi.

- Bugun Yaponiya gol urolmadi. Jamoaga nima bo'ldi?

- O'zbekiston himoyada juda tartibli o'ynadi. Biz to'pni bir-birimizga tez-tez oshirganimizga qaramasdan, himoyani yorib o'ta olmadik.

- Yaponiyaning keyingi o'yini Avstraliyaga qarshi kechadi. Raqib xususida qanday fikrdasiz?

- Avstraliya jamoasi safida Germaniyada men bilan birga o'ynaydigan jamoadoshim bor. U hujumchi. Unga qarshi o'yinni sabrsizlik bilan kutaman.

- Finalda O'zbekiston Saudiya Arabistoni bilan to'qnash keladigan bo'ldi. Sizningcha, qaymi terma chempionga aylanadi?

- O'ylashimcha, O'zbekiston chempion bo'ladi, chunki bu jamoa juda ham kuchli ekan. 


Uchqun Azimov suhbatlashdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia