Mitrovich Chempionship rekordini o'rnatdi

Sherzod Nurmatov
24 fev 2022
"Fulxem" hujumchisi Aleksandr Mitrovich "Piterboro Yunayted" darvozasiga to'p kiritdi.

Shu tariqa, 27 yoshli serbiyalik Chempionship joriy mavsumida 32-golini urdi.

Ma'lumotlariga ko'ra, bu musobaqa yangi tarixidagi (2004/05 yilgi mavsumdan beri) turnir rekordidir. Eslatib o'tamiz, turnir yakunlanishiga yana 12 tur bor.

Eng ko'p gol urish bo'yicha rekord avvalroq "Brentford" futbolchisi Ayven Touniga tegishli bo'lib, u 2020/21 mavsumda 31 ta gol urgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: OptaJoe