Misr klubi 75 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Alisher
22 yanv 2020, 11:56
Misrning 3-divizionida ishtirok etadigan klub juda ham g'alati bitimga qo'l urdi.

El Din Baxader erkin agent sifatida klub bilan shartnoma imzoladi. Qizig'i, klubning nomi haqida ma'lumotlar uchramayapti.

Xabar berilishicha, futbolchi tez orada maydonga ham tushishi mumkin ekan. Agar bu voqea ro'y bersa, El Din Baxader eng yoshi katta futbolchi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritiladi.

Hozirgi rekord 73 yoshli Isaak Xayikka tegishli. U Isroilning 4-divizionida o'ynagan.


AlisherMuallif
Manba: Goal