

Saloh "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi final uchrashuvida (1:3) elkasidan jarohat olgan edi.
"Shifokor Muhammad Abu Olaning ma'lum qilishicha, "Liverpul" tibbiy shtabi Muhammad Salohning rentgen suratlari va ma'lumotlarni yubordi. Diagnozga ko'ra, Saloh Misr terma jamoasi safida jahon chempionatida ishtirok eta oladi" - deyiladi bayonotda.



