

"Bunday start jamoa uchun yaxshi. Biz darvozamiz dahlsizligini saqladik. Markos Alonso, Davide Cappakosta, Ngolo Kante va men uchun bu Chempionlar ligasidagi debyut o'yin bo'ldi. Birinchi o'yinni yutish maroqli. Bilganingizdek, men har bir uchrashuvda maydonga tushmayman, lekin qachon tushsam gol urishga harakat qilaman. Chempionlar ligasida engil o'yin bo'lmaydi. Har bir bahs muhim, shuning uchun hamisha yutishga tayyor bo'lish kerak", - deya Batshuayining so'zlarini keltirdi "Chelsi" rasmiy sayti.




