Mirzohid G'ofurov: "Navbahor"ning keyingi o'yinlarida ularga muxlislik qilaman"

Narzulla Saydullayev
11 apr 2016, 11:04
Kecha "Mashal" o'z maydonida Rashid G'ofurov boshqaruvidagi "Navbahor"ni taslim etdi. Ushbu uchrashuvdan so'ng Mirzohid G'ofurov o'yin haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

"Uzoq kutilgan g'alabaga erishdik. "Navbahor" bu yilda juda ham kuchli tarkibga ega. Bizga esa g'alaba zarur edi. Shu bois hamma so'nggi soniyagacha kurashdi. Har doim birinchi gol urib uni saqlab qola olmayotgan edik. Bu o'yinda goldan so'ng himoyaga ham e'tibor qaratdik. Buning natijasida yakunda natijaga erishdik.
Futbol professionalikni talab etadi. Akamdan futbol borasida ko'plab maslahatlar olib turaman. Garchi bugun bu jamoaga qarshi o'ynagan bo'lsam ham boshqa vaqtda "Navbahor"ga ham muxlislik qilaman. O'zim namanganlikman va hozirda menga begona bo'lmagan insonlar bu klubda faoliyat olib bormoqda. Shu bois ularga ham beetibor bo'la olmayman. "Mashal" esa keyingi bahslarga ham jiddiy hozirlik ko'radi. Yo'qotilgan ochkolarni to'ldirish uchun harakat qilamiz", - deydi Mirzohid G'ofurov.

"Mashal" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia