- Bizni muhim va qiyin o'yin kutib turibdi. Boisi, birinchi o'yinda yutqazdik. Raqib yaxshi shakllangan, kuchli jamoa. Bu jamoa guruhda Yaponiya va Xitoy klublarini ortda qoldirdi. Oldimizda chorak finalga chiqish vazifasini qo'yganmiz. Mehmonda ham yomon o'yin ko'rsatmadik. Lekin ikkita xato tufayli gol o'tkazib yubordik. “Buriram” o'z o'yida beshta himoyachi bilan o'ynadi. Safarda ham bizning o'yinimizni buzishga harakat qiladi. Men esa o'z shogirdlarimga ishonaman. Umid qilaman, biz o'zimizga kerakli natijani qo'lga kiritamiz, - deydi Mirjalol Qosimov.
- Oleksandr Pishur o'tgan o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushmadi. Buning sababi nimada?
- Uzoq yo'l bosib o'tilgani uchun u o'yinga to'liq tayyor emasdi. Birinchi bo'limda Kamoliddin Murzoev hujumda mas'uliyatni o'z zimmasiga olishi kerak edi. Ikkinchi bo'limda kutilmaganda jarima to'pidan gol o'tkazib yubordik. Natijada Pishurni maydonga tushirishga qaror qildim. Bitta tarkib bilan yil davomida o'ynab bo'lmaydi. Imkon qadar barchaga o'yin amaliyotini berish kerak.
- Ignatiy Nesterovni ertangi o'yinda ko'rishimiz mumkinmi?
- Ignatiy hali o'yinga to'liq tayyor emas. Oldimizda bir kun vaqt bor. Nesterovning maydonga chiqish-chiqmasligi ertaga ma'lum bo'ladi. Hozirda shifokorlar asosiy darvozabonimizni tayyorlashga harakat qilishyapti. Birinchi o'yinda Murodjon Zuxurov yaxshi o'ynadi. Uning anchadan beri o'yin amaliyoti yo'qligini va o'yin safarda bo'lganini inobatga olsak, u yomon o'ynamadi.
- “Buriram Yunayted” jamoasi haqida nima deya olasiz?
- Jamoada yaxshi tarkib yig'ilgan. Yaxshi saviyadagi mahalliy va xorijlik futbolchilar bor. Guruh bosqichi davomida jamoa juda tartibli o'yin ko'rsatib, murabbiyning barcha ko'rsatmalariga to'liq amal qildi. Birinchi o'yinda 7 va 8-raqamli futbolchilar diskvalifikaciya tufayli o'yinni o'tkazib yubordi. Ettinchi raqamli, ispaniyalik legioner yaxshi o'yinchi ekanini guruh bosqichi o'yinlarida ko'rdik. Ular ertaga o'yinga tushib, jamoa o'yinini kuchaytirishsa kerak. Shunga qaramay, biz o'z oldimizga qo'yilgan vazifani uddalashga harakat qilamiz.
- Jamoa guruh bosqichida uy uchrashuvlarida g'alaba qozona olmadi. Bunga esa, qaysidir manoda, maydon holatining yaxshi emasligi ham sabab bo'lgandi...
- Guruhdagi o'yinlarga e'tibor qaratsak, o'z uyimizda uchta durang o'ynadik. Safarda esa ikkita g'alaba va bitta durang qayd etdik. Tailanddagi safar o'yinida yutqazdik va endi navbat o'z uyimizdagi g'alabaga keldi (kuladi). Maydonning holati ancha yaxshilandi, lekin hali 100 foizga emas.
- Nesterovdan tashqari yana boshqa yo'qotishlar bormi?
- Bor. Futbol to'qnashuvli sport turi. Anvar G'ofurov va Fozil Musaevda ham jarohat bor. Ertaga qaysi futbolchilarning maydonga tushishi shifokorlar bilan bo'lib o'tadigan so'nggi suhbatdan so'ng ma'lum bo'ladi.