Mirzakamol Kamolov "Mashal" bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
7 iyul 2016, 10:43
Birinchi davrani "Oq-tepa" safida o'tkazgan yarim himoyachi ikkinchi davrani "Mashal"da o'tkazadi.
Muborak klubi yarim himoyachi bilan shartnoma tuzdi. "Oq-tepa" birinchi ligada ishtirokini ancha barvaqt tugatgani bois futbolchilar erkin agentga aylanishdi. Kamolov "Mashal"dan tushgan taklifni qabul qildi.

Mirzakamol Kamolov faoliyat davomida oliy liganing "Andijon", "Paxtakor, "Qizilqum", "Nasaf", "Neftchi" va "Sho'rtan" klublarida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia