Miroslav Kloze "Lacio" bilan yangi bitimga imzo chekdi
2 may 2014, 23:14
Italiyaning "Lacio" jamoasi klub hujumchisi Miroslav Kloze bilan yangi shartnomaga imzo chekishdi.
"Men juda xursandman. Klub bilan shartnomamni yana bir yilga uzaytirdim. Bunday jamoaning katta maqsadlari yo'lida bor kuch-g'ayratlarimni ishga solaman", - deb aytib o'tdi Germaniya terma jamoasi hujumchisi Miroslav Kloze.