Miroslav Kloze: "Agar imkon bo'lsa gol urishga vada beraman"

Narzulla Saydullayev
5 iyul 2014, 15:51
Germaniya terma jamoasi hujumchisi Miroslav Kloze Jahon chempionati finalida o'ynash niyatida ekanligini ma'lum qildi.
– 2000 yil "Marakana"ni ko'rganman. Bu ajoyib muhitga ega bo'lgan afsonaviy stadion. Bu erga qaytishni istayman. Biz doimo oldinga intilishni xohlaymiz. Men uchun asosiysi yarim finalda yutib finalda o'ynash. Ammo agar gol urish imkoniyati bo'lsa albatta buni amalga oshiraman, – deydi Kloze TMW nashriga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net