Mirjalol Qosimov Qozog'iston klubida ish boshlashi mumkin

Narzulla Saydullayev
3 may 2016, 10:03
45 yoshli o'zbekistonlik murabbiy Mirjalol Qosimov yaqin orada Qozog'iston klublaridan birida ish boshlashi mumkin, deb xabar bermoqda Sports.kz.

Mirjalol Qosimov murabbiylik faoliyatini 2006 yilda O'zbekiston olimpiya terma jamoasida boshlagan. Keyinroq Bunyodkor va O'zbekiston milliy terma jamoasida ishlagan.

Murabbiy sifatida Bunyodkor bilan 3 marta chempion va 2 marta kubok sohibiga aylangan. Qosimov klub bilan birga ikki bor OCHL yarim finaliga yetib borgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.kz