Mirjalol Qosimov: "Mavsumni g'alaba bilan tugatish yaxshi"

Narzulla Saydullayev
30 noya 2025
OKMK - "Mashal" (2:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi.

"Chempionatimizni g'alaba bilan tugatdik. Bu kayfiyatga kayfiyat qo'shadi, lekin oson o'yin bo'lmadi. Chunki "Mashal" ham bor kuchi bilan o'ynadi. Shogirdlarim raqibga qaraganda samarali, chiroyli o'yin ko'rsatishdi va 2:0 hisobidagi haqli g'alabaga erishdik. "Mashal"ga keyingi bahslarda omad tilaymiz. Biz esa tatilga chiqamiz va ozgina dam olib, mavsumni tahlil qilishimiz kerak.

Yil davomida bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga rahmat aytaman. Biz muxlislar chun o'ynaymiz. Ularga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildirib qolaman", - dedi Mirjalol Qosimov.  


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia