Mirjalol Qosimov: “Bugun haqli g'alabaga erishdik ”

Superliga 11-turida “So'g'diyona” o'z maydonida “Bunyodkor” klubini qabul qildi va 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

O'yindan so'ng “Bunyodkor” jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov  va o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Rustam Ashurmatovlar matbuot anjumanida  ishtirok etdi.

"Oxirgi turlarda juda qiyin o'yinlarni o'tkazdik. “Nasaf”ga qarshi bahsda juda ko'p kuch yo'qotdik. Qisqa muddat ichida  “So'g'diyona”ga qarshi tayyorgarlik olib borish  va shu bilan birga  futbolchilarni ruxan tayyorlash zarur edi. O'yin og'ir kechdi. Raqiblar qarshi xujum taktikasini tanladi va besh himoyachi bilan o'ynadi. Bu esa bizga qiyinchilik tug'dirdi. 11 kishini yorib kirish oson emas. Futbolchilar maydonda yaxshi harakat qilishdi va 2 ta gol kiritib o'ylaymanki xaqli g'alabaga erishdik" - deydi Mirjalol Qosimov


"Hamma uchrashuvlar ham qiyin kechmoqda. Sergey Ivanovich jamoani yaxshi shakillantirgan. Raqiblar bizga qarshi juda yaxshi harakat qilishdi. Biz ham bo'sh kelmadik va o'z oldimizga qo'ygan maqsadimizga erishdik" - deydi Rustam Ashurmatov



“So'g'diyona” PFK matbuot xizmati


Manba: championat.asia