Miodrag Radulovich - Livan bosh murabbiyi

Narzulla Saydullayev
1 may 2015, 16:33
Chernogoriyalik murabbiy Miodrag Radulovich Livan terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi.

O'z vaqtida "Paxtakor" klubida faoliyat olib borgan murabbiy Livan termasiga JCH-2018 saralash bosqichida ustozlik qiladi.

Radulovchining bundan oldingi ish joyi Quvaytning "Al Jahra" klubi bo'lgandi. 

Livan terma jamoasi JCH-2018 saralashi ikkinchi bosqichida Janubiy Koreya, Quvayt, Myanma va Laos kabi jamoalarga qarshi kurash olib boradi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia