Minori Sato: “O'ylashimcha, “Obod” bilan bahsda bizga oson bo'lmaydi”

Aslanov Jasurbek
26 mar 2016, 13:07
Mamlakat kubogi 1/8 finali doirasidagi “Obod” – “Bunyodkor” uchrashuvidan oldin “qaldirg'ochlar”ning yaponiyalik legioneri o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- “Obod” yosh jamoa ekanligini bilaman. Ular bilan o'tgan yilgi kubok bahslarida ham to'qnash kelgandik. Bu raqib nimalarga qodir ekanligini avvalgi uchrashuvlarda ham namoyish etib bergandi. Bu safar ular bizga oliy liga ishtirokchisi sifatida raqib bo'lmoqdalar. O'ylashimcha, bizga oson bo'lmaydi. Raqibning ustun tomoni shundaki, ularda tayyorgarlik uchun etarlicha imkoniyat bo'ldi. Shuningdek, “Bunyodkor” yoshlar tarkibida o'ynab ketgan yigitlar uchun o'zlarini ko'rsatishga imkoniyat bor, - deydi Minori Sato.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia