Miloe Prekovich - Dinamo futbolchisi

Alisher
15 yanv 2022
Superliga yangi mavsumi oldidan Dinamo jamoasi tarkibini kuchaytirishni davom ettirmoqda.

Klub murabbiylar shtabi qaroriga ko'ra, Dinamo klubi serbiyalik darvozabon Miloe Prekovich bilan kelishuvga erishdi. 30 yoshli golkiper bilan bir yillik shartnoma imzolandi. Serbiyalik legioner Dinamo safiga erkin agent maqomida qo'shildi.

Miloe Prekovich so'nggi mavsumni Serbiya Superligasi vakili Vojdovac klubi safida o'tkazib, jamoaning asosiy posboni bo'lgan. U chempionat doirasidagi barcha – 21 o'yinda ham to'liq to'p to'p tepgan.


Ma'lumotnoma:

Miloe Prekovich

Tug'ilgan sanasi: 1991 yil, 7 iyun.

Tug'ilgan joyi: Serbiya, Arandelovach.

Bo'yi: 192 cantimetr


To'p surgan klublari: 

2009-2010 - Mladenovach (Serbiya)

2010-2012 - Kosiche (Slovakiya) 

2013-2014 - Mladost Lukani (Serbiya)

2015 - Sloga (Serbiya)

2016-2017 - Enisey (Rossiya)

2017-2018 - OFK Belgrad (Serbiya)

2018-2020 - FK Indija (Serbiya)

2021 - Vojdovac (Serbiya). 

2022 - Dinamo (Samarqand).


Bungacha saytimizning "Eshitdik-da!" rukni orqali bu borada xabar qilgan edik.


Eshitdik-da! "Dinamo" serbiyalik posbon bilan kelishuvga erishdi 

"Vojdovac" ham Miloe Prekovichning "Dinamo" o'yinchisiga aylanishini e'lon qildi


AlisherMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати